LinksLinks2

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori, Oʼzbekistondagi Jan Monne Yevropa tadqiqotlari boʼyicha ilgʼor xalqaro tajriba Markazining loyiha rahbari Gulnoza Ismailova Portugaliyada boʼlib oʼtgan Yevroosiyo siyosatchilari va jamiyat mavzusidagi 8 yillik konferentsiyada (8th Annual Conference on Eurasian Politics & Society) qatnashdi. Unda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan ekspertlar xalqaro munosabatlar, energetik xavfsizlik, siyosiy qarashlar, mintaqaviy ziddiyatlar va ularga yechim, ijtimoiy jarayonlar kabi mavzularda chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Konferentsiya davomida olimlar, amaliyotchi mutaxassislar Yevroosiyo tadqiqotlari boʼyicha yangi yoʼnalishlarni muhokama qilish boʼyicha fikr almashishdi.

 

 

Gulnoza Ismalovaning “Siyosatda ayollar rolini kuchaytirish demokratik islohotlar omili” (Strengthening the Role of Women in Politics as a Factor in Democratic Transformations) mavzusidagi maʼruzasida jamiyatda ayollar oʼrnini mustahkamlash, bu boʼyicha Oʼzbekistonda olib borilayotgan ishlar, yoʼnalishdagi yutuq va muammolar tahlil qilindi.
Yangi Oʼzbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri jamiyatda va davlat boshqaruvida ayollarning faolligini, huquq va qiziqishlarini taʼminlashdan iborat. Boʼ boʼyicha huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardan oʼzgarishlar izchil olib borilmoqda.
Shu bilan birga boshqaruvda ayollar sonini oshirish, ularning faollinini taʼminlash, boshqaruvda haqiqiy huquqiy maqomga ega boʼlishlari boʼyicha jamiyat oldida turgan bajarilishi kerak vazifalar ham bor. Bu boʼyicha anjuman qatnashchilarining fikr va tavsiyalari tinglandi.

LinksLinks2