Loyiha Haqida
Loyihaning asosiy maqsadi – O’zbekistonda xalqaro siyosat, mintaqaviy integratsiya jarayonlari, Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo tadqiqotlari va Yevropa Ittifoqi – O’zbekiston munosabatlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash. Shu maqsadda tashkil etilayotgan Toshkent Yevropa tadqiqotlari markazi butun mamlakat bo’ylab siyosiy, iqtisodiy va huquqiy ta’lim va tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va ilmiy-uslubiy markaz vazifasini o’taydi.