LinksLinks2

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Ko‘p yillik indikativ dasturi qabul qilindi va 2022 yil mart oyidan ishga tushirildi.
Yangi indikativ dasturning birinchi bosqichi (2021-2024 yillar) uchun 83 mln. yevro, shu jumladan texnik yordam va budjetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarga 76 mln. yevro, shuningdek fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 mln. yevro ajratadi.
Indikativ dastur Yevropa manfaatlari bilan uyg‘unlashgan islohotlar, shu jumladan GSP+ doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish va monitoring qilish uchun turtki beradigan uchta asosiy yo‘nalishga asosiy e’tiborni qaratadi:

  • Demokratik boshqaruv, qonun ustuvorligi va davlat xizmatlari sifatini oshirish sohasidagi hukumat islohotlarini qo‘llab-quvvatlovchi samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya (moliyalashning 17 foizi).
  • Inklyuziv, raqamli va yashil o‘sish, bunda asosiy urg‘u raqamli “yashil” o‘tish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi; tabiiy resurslarni (jumladan suv taqchilligida) barqaror boshqarish hamda raqamli savodxonlik, bozorga yo‘naltirilgan “yashil” o‘tish jarayonida ilm-fan va texnologiyalarni qo‘llashni kuchaytirish yo‘li bilan “yashil” ishchi o‘rinlarni tashkil etish mumkin bo‘lgan investitsiyalar va muhitning gender jihatlarni rag‘batlantirish (moliyalashtirishning 40 foizi).
  • Qishloqlarning turmush sharoitini yaxshilash hamda milliy oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash uchun aqlli, yashil va barqaror yondashuvlarni qo‘llash uchun agrooziq-ovqat sektorini modernizatsiya qilish (moliyalashning 36 foizi).

Гендер тенглиги, инсон ҳуқуқлари, рақамлаштириш, ёшлар ва фуқаролик жамияти билан ҳамкорлик соҳасидаги дастурлар (молиялашнинг 7 фоизи) алоҳида фаолият сифатида белгиланган.

 

 

Кўпроқ маълумот учун қаранг:

https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan/multi-anual-indicative-programme-mip-2021-2027-uzbekistan_en?s=233

LinksLinks2