Markaziy Osiyo mintaqaviy muammolarini hal etishda Yevropa tajribasini o‘rganish – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

2021 yil 25 avgust kuni Toshkent Jan Monne Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birgalikda “Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiya va hamkorlik: muammolarni hal qilishda Yevropa tajribasi” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etdi. Mazkur respublika konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Strategik tahlil va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fanlar akademiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va nodavlat ilmiy markazlarning taniqli olimlari ishtiroк etdilar. Ma’ruza va munozaralar uch tilda olib borildi.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya uch shoʻbadan iborat bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Yevropa Ittifoqining integratsiya jarayoni: asosiy bosqichlari va zamonaviy holati;
  • Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari genezisi va asosiy muammolari: Yevropa tajribasidan saboqlar;
  • Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro munosabatlari.

Bahs-munozaraga boy bo‘lgan anjumanda mintaqalar oldida turgan ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi va birgalikda ularga yechim izlandi. Anjuman yakunida birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi maqsad, vazifalar va yangi hamkorlik nuqtalari aniqlab olindi.

LinksLinks2