2023-yil 6-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining tashqi savdo aloqalari jadal rivojlanmoqda. 2021 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan 6200ta tovarlar pozitsiyalarini bojsiz eksport qilish imkonini beruvchi GSP+ imtiyozlar tizimi O‘zbekistonga taqdim qilindi. Natijada 2022 yilda 2021 yilga nisbatan O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport hajmi 77.1 foizga oshib 845 mln evroga etdi. O‘zbekistonda Evropa Ittifoqi bozoriga tovarlar va xizmatlar eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Yevropa Ittifoqiga exportini rivorlantirishi uchun Yevropa mamlakatlarida amal qiladigan sifat va havfsizlik standartlariga javob beradigan tovarlarni taklif qilishlari kerak. Bu esa Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish talablarini o‘rganish, eksportni kengaytirishga to‘siq qiluvchi omillarni aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishni talab qiladi.
2022-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bitim qamrab oluvchi masalalar qatorida savdoga tegishli masalalar, shu jumladan, bojxona ma’murchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari, raqobat va davlat korxonalarining faoliyati, davlat xaridlari, nizolarni hal qilish va boshqa sohalar bilan bog‘liq qoidalar kelishib olindi. Ushbu kelishuv mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlari bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Shu borada O‘zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalarni oldida turgan muhim vazifa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va eksport tarkibi hamda geografiyasini yanada diversifikatsiyalash hisoblanadi.
Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
1-yo‘nalish. Globallashuv sharoitida O‘zbekiston eksporti raqobartbardoshligini oshirish muammolari.
2-yo‘nalish. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (EPCA) va Barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv uchun maxsus ragʻbatlantiruvchi kelishuv (GSP+) doirasida O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari.
3-yo‘nalish. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonga nisbatan import siyosatining zamonaviy vositalari. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eksport tovarlarini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari.
4-yo‘nalish. O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksportni kengaytirish maqsadida transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘nalishlari.
5-yo‘nalish. Yevropa Ittifoqi davlatlari kompaniyalari bilan investitsion va texnologik hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plami elektron varianti universitet saytiga joylashtiriladi.
To‘plamda e’lon qilish uchun maqola matnini tashcoe@mail.ru manziliga fayl nomida muallifning familiyasi va yo‘nalish ko‘rsatilgan holda (masalan, 2-Azizov.doc) yuborishingizni so‘raymiz.
Tezislarni topshirishning oxirgi muddati 2023-yil 30-noyabr.
MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Matn hajmi — kamida 3 betdan 5 betgacha, A-4 hajmda, matn shakli Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm;
- Yuqoridan bosh xarflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;
- Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi;
- Barcha taqdim etilgan materiallar Antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o‘tkaziladi.
- Yuqorida qayd etilgan talablarga javob bermaydigan ishlar rad etiladi.
Ma’lumot uchun: barcha qo‘shimcha savollarga https://t.me/conference_tashcoe telegram guruhiga murojaat qilgan holda javob olishingiz mumkin.
Manzil: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 54.