LinksLinks2

21-iyun kuni kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida “Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasining Yangi O‘zbеkistonning konstitutsiyaviy islohotlaridagi o‘rni: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tajribasi” mavzusida  Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

Xalqaro davra suhbatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya), Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda Universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida inson huquqlarining bugungi kundagi dolzarb masalalari, xususan, inson huquqlari sohasida ta’lim, bolalar huquqi, mulk huquqi va boshqa sohalarga doir masalalar muhokama qilindi. Anjuman ishtirokchilari sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

LinksLinks2