30-avgust kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida “O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlarida madaniy merosni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy jihatlari” mavzusida ilmiy amaliy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi, O‘zbekiston xalqaro huquq assotsiatsiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqandning “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida madaniy merosni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy jihatlari, mazkur masalada YUNЕSKOning o‘rni, xorijga tashib ketilgan madaniy meros ob’ektlarini qaytarishning xalqaro-huquqiy masalalari, madaniy merosning turizm rivojidagi ahamiyati, hamda bu borada Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ilg‘or tajribasi, shuningdek, ularni mamlakatimizga tadbiq etish va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.