LinksLinks2

2022 yil 29 aprel kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi (Tashkent Jean Monnet Centre of Excellence for European studies)” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi aloqalarining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi aloqalarining xalqaro-huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarining xalqaro-huquqiy asoslari, ikki tomonlama hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomaviy-huquqiy va institutsional mexanizmlari, bugungi kundagi dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti binosi Konferensiya zalida bo‘lib o‘tdi.

LinksLinks2