JIDU, Essex, Hull va Garvard kabi nufuzli universitetlar bitiruvchisi Akbar Rasulov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (SOK konferensiya zali) Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi loyihasi doirasida JIDU (O’zbekiston), Essex, Hull (Buyuk Britaniya) Garvard (AQSh) kabi nufuzli universitetlar bitiruvchisi, hozirda Glazgo universiteti professori, yuridik fanlar doktori, Huquq fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritayotgan Akbar Rasulov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Professor A.Rasulov o‘z nutqida Glazgo universiteti, Erasmus+ dasturlari va xorijiy ta’lim haqida gapirdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, kerakli javoblarni oldilar. Shuningdek, professor A.Rasulov Garvard, Esseks va Hall universitetlarida o‘qish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va yuqoridagi universitetlarga hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha muhim maslahatlar berdi.
Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi. Biz Akbar Rasulovni o‘z Alma-Materida yana bir bor qutlaymiz va U kabi taniqli xalqaro darajadagi olimimiz borligidan faxrlanamiz.

LinksLinks2