Ma’lumot uchun, Strategik tadqiqotlar va tahlil markazi (CESRAN) 2008-yilda tashkil etilgan. CESRAN notijorat xalqaro tahlil markazi boʻlib, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar boʻyicha akademik tadqiqotlarni ilgari surish va qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza bilan taʼminlashga intiladi. CESRAN nafaqat dunyo bo’ylab turli g’oyalar va qadriyatlarning tarqalishiga hissa qo’shadi, balki irqi va dinidan qat’i nazar, turli qarashlar erkin muhokama qilinadigan va yangi g’oyalar birgalikda tug’iladigan forumga aylanishni maqsad qilgan tashkilotdir.