LinksLinks2

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi original videotabrik hozirladi.

YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlott Adrian boshchiligidagi diplomatlar hamda xodimlar shoir Sa’dulla Hakimning «Ona tilim» she’rini o‘zbek tilida o‘qidi. Ushbu she’rda  «Ulus tilim, elat, xalq tilim, / Ulug‘ tilim, abad haq tilim, / Navoiyga zor, ilhaq tilim, / Ona tilim» kabi ta’sirchan misralar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Sharlott Adrian xonim Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari sifatida joriy yil 23 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirgan. Ushbu uchrashuvda YeI an’anaviy ravishda mamlakatimizning muhim strategik sherigi bo‘lib kelayotgani, yevropalik hamkorlar yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, iqtisodiy islohotlar va transformatsiya jarayonlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

Manba: https://www.xabar.uz/uz/post/evropa-ittifoqi-delegaciyasi?category=jamiyat

LinksLinks2