TashCoE tomonidan davra suhbatlari materiallari to‘plami bilan №6/2021 (L seriya) axborot byulleteni chop etildi. – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

2021 yil 3 avgust kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doira-sida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida turizm sohasida xalqaro-huquqiy hamkorlikning istiqbollari” mavzu¬sida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport vazirligi qoshidagi BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning Ipak yo‘li ofisi maslahatchisi Shuhrat Norqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodim va mutaxassislari, Jahon iqtisodiyoti va diplo-matiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Samarqand “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti profes-sor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Davra suhbati mavzusi doirasida ma’ruzalar tinglandi va o‘zaro fikr almashildi.

E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu to‘plam anjuman uchun taqdim etilgan eng yaxshi maqolalarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu to‘plam va undan joy olgan maqolalar mamlaka-timizda chop etilgan ilmiy nashrlar xazinasini yanada boyitadi deb, umid bildirib qolamiz.

 

Huquqshunoslar ishchi guruhi rahbari

Surayyo Usmanova,

 

Loyiha koordinatori

Xaydarali Yunusov

LinksLinks2