LinksLinks2

25-noyabr kuni “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida “Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va O‘zbekiston milliy huquqining dolzarb muammolari: kesishma nuqtalari va o‘zaro ta’sir istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent Davlat Transport Universitetidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi davomida Yangi O‘zbekistonda islohotlar jarayonida Oliy ta’lim tizimida xalqaro huquq, xalqaro transport huquqi sohasiga tatbiq qilinishiga bog‘liq tendensiyalar, transformatsiyalar va ilmiy izlanishlar, tamoyillar, xalqaro reytinglar hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikning huquqiy masalalari va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.

LinksLinks2