LinksLinks2

30-iyun kuni JIDU talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi Sh.Adrian va Jan Mone nomidagi Toshkent ilg’or tadqiqotlar markazi rahbari, JIDU fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Ismoilova ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar keng ko‘lamli yo‘nalishlarda faollashganini ijobiy baholadilar. Shuningdek, mamlakatimiz manfaatlarini jahon miqyosida samarali targʻib etish, xorijiy hamkorlar bilan faol hamkorlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston fuqarolarining xorijdagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga hissa qoʻshadigan boʻlajak diplomatlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida “Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning aprel-may oylarida Jan Mone nomidagi Toshkent Yevropa ilg’or tadqiqotlari markazi hamda #ЯДипломат telegram kanali ushbu tanlovini o‘tkazdilar. Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan 200dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Uchrashuv Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari Fransua Bejoning Jan Mone tarixi va Shuman deklaratsiyasining qabul qilinishi haqida ma’ruzasi bilan yakunlandi.

LinksLinks2