15 fevral kuni Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari markazi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar Maslahat Kengashi hamkorligida «Ayollar huquqlari kafolatlarining xalqaro standartlari: Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi tajribasi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Toshkent “Olima ayollar uyushmasi”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida ayollar huquqlarini himoya qilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining o‘rni, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender, bu borada Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ilg‘or tajribasi hamda ularni mamlakatimizga tadbiq etish va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.