LinksLinks2

Joriy yilning 21 dekabr kuni Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi va “BMT-Ayollar” tashkiloti ko‘magida tashkil etildi. Aytish joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti mintaqadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish hamda barqaror rivojlanish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma sifatida tashkil etilgan.
Mazkur yig‘ilishda Toshkent Jan Monne nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi (TashCoE) rahbari Ismailova Gulnoza Saydiganixodjayevna ishtirok etdi va TashCoE doirasida ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga oid fikrlarni bildirib o‘tdi.

LinksLinks2