LinksLinks2

Yevropa Ittifoqi doirasida davom etayotgan integratsiyaviy jarayonlar yanada kengayib va chuqurlashib borar ekan, mazkur tashkilotga nisbatan qiziqishlar doirasi ham dunyo boʻylab ortmoqda. Yevropa Ittifoqining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jihatlarini oʻrganish maqsadida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilayotgani, Yevropa Ittifoqiga oid fanlar oliy taʼlim muassasalarida oʻqitilayotganini ham taʼkidlab oʻtish lozim.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yevropa tadqiqotchiligi sohasida yirik ilmiy muassasa hisoblanadi. Ayni paytda, universitet Yevropa Ittifoqining bu sohada taʼlim va tadqiqotchiligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan Erasmus+Jan Mone dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Markaziy Osiyodagi birinchi va yetakchi OTMdir. Xususan, 2020-yilda oʻtkazilgan xalqaro grant tanlovlarida  muvaffaqiyatli natijalarni qoʻlga kiritib, universitetning Toshkent Yevropa tadqiqotlari markazi loyihasi xalqaro tanlovda ishtirok etgan 1447 ta loyiha ichidan Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtirish uchun tanlab olingan.

Shu munosabat bilan 25-iyun JIDUda Yevropa tadqiqotlari markazining rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda loyihani samarali amalga oshirish, loyihada koʻzda tutilgan maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar va taʼlim jarayonini tashkil etish, loyiha doirasida rejalashtirishgan tadbirlarni oʻtkazirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv davomida muhim qarorlar qabul qilindi.

Qayd etib oʻtish joizki, loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent xalqaro Vestministr universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, “Ilm karvoni” nodavlat taʼlim markazi va hamkor Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda 2020-2023-yillarda amalga oshiriladi.

LinksLinks2