LinksLinks2

2023-yil 27-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʼyicha ilgʼor tajriba markazi (Tashkent Jean Monnet Centre of Excellence for European studies)” loyihasi doirasida «Evropa ittifoqi doirasida migratsiya sohasini tartibga solishning xalqaro huquqiy asoslari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati boʼlib oʼtdi. Mazkur tadbirda Xalqaro Migratsiya Tashkiloti vakili, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universitetidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor oʼqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida Yevropa ittifoqi doirasida migratsiyani tartibga solishning huquqiy asoslari, Xalqaro migratsiya huquqi shakllanishining nazariy-kontseptual jihatlari, migratsiyani va sogʼliqni saqlash masalalari va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.

LinksLinks2