Joriy yilning 30-31-may kunlari Fransiyaning Parij shahrida “Women in Tech Global Summit” tashkil etildi. Mazkur tadbirda TashCoE rahbari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, European International Women’s Leadership Awards mukofoti sovrindori Gulnoza Ismailova hamda TashCoE a’zosi, «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi mudiri Laylo Tаshpulatova ishtirok etdilar.
Mazkur sammitda 300 ga yaqin delegatlar: biznes, fuqarolik jamiyati, hukumat, taʼlim va sanʼat yetakchilari, yangi davr ijodkorlari va innovatorlari boʻlgan 30 ta turli davlat vakillari ishtirok etdi. Spikerlar orasida Doktor Kristel Jonson, Sammitning faxriy prezidenti, texnologiya va tadqiqot investitsiyalari bo‘yicha direktor o’rinbosari va Merilend shtatining Greenbelt shahridagi NASA Goddard kosmik parvozlar markazi. Sammitda so‘zga chiqqanlar orasida Kosovo prezidenti doktor Vosa Usmoniy, CNES raisi va bosh direktori Filip Baptiste ham bor edi.
Sammit 2017-yildan beri har yili Women in Tech xalqaro notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazib kelinmoqda, uning vazifasi gender tafovutini bartaraf etish va ayollarga texnologiyalarni rivojlantirishga yordam berishdir. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan ushbu tashkilot 6 qit’ada bo‘limlari va 70 000 dan ortiq a’zolariga ega global harakatdir.
Women in Tech tashkilotning faoliyati 4 ta muhim yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: ta’lim, biznes, barqaror rivojlanish va advokatlik va aniq harakatlar orqali barqaror rivojlanishga ta’sir qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday “Women in Tech Global Summit”da O‘zbekiston vakillari birinchi marta ishtirok etishdi. Bu universitetimiz xodimlarining barqaror rivojlanish bo‘yicha tadqiqotlarini ilgari surishdagi sa’y-harakatlarining e’tirofi natijasidir.
Ma’lumot uchun, tashkilotning ofislari bo‘lgan davlatlar: Fransiya, Avstriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Zambiya, Kanada, Isroil, Hindiston, Kosovo, Malayziya, Niderlandiya, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Peru, Portugaliya, Rossiya, AQSh, Tailand, Shvetsariya, Janubiy Afrika. (Mamlakat vakolatxonasi ochilgan taqdirda O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun birlashtiruvchi fikrlash markaziga aylanish imkoniyatiga ega).