⚡️2021-yil 3-iyuldan boshlab barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bir martalik plastik mahsulotlari – likopchalar, sanchqilar, naychalar, pufak tutqichlari, oziq-ovqat va ichimlik konteynerlarini ishlatishga taqiq qo‘yildi.

Manba

2019-yildagi qonunga ko‘ra, 2021-yilning 3-iyulidan Yevropa Ittifoqidagi barcha bozorlardan bir martalik plastik mahsulotlarini olib tashlash belgilangan. Yevropa Ittifoqi 2025-yilga kelib plastik paketlardan foydalanishni ikki barobar kamaytirishni rejalashtirgan.

❗️Shundan kelib chiqib, biz ham markaz tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni to‘xtatamiz.