“Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

2021-yil 15-dekabr kuni Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi faoliyati doirasida “Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasining siyosiy va axborot xizmati rahbari Mindaugas Kacherauskis, Erasmus+ milliy vakolatxonasining O‘zbekistondagi koordinatori Aziza Abdurahmonova, Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) Bosh kotibi Oybek Shayxov, Bryussel boshqaruv maktabi professori Munira Aminova, Bryusseldagi Zamonaviy ta’lim va tadqiqot instituti direktori Yekaterina Tsaranok, JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar doktori Gulnoza Ismailova, shuningdek, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti professor-o‘qituvchilari, JIDU doktorantlari va talabalari davra suhbatda ishtirok etishdi.

Davra suhbat davomida Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan Oʻzbekiston oʻrtasida GSP+ doirasida oʻzaro savdoni rivojlantirish, Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga Yevropa davlatlaridan investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, Oʻzbekistonda Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotini raqamlashtirish tajribasidan foydalanish, shuningdek, barqaror rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning yoʻnalishlari va vositalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni Yevropa bozoriga olib chiqish, mahalliy mahsulotlarning yuqori Yevropa sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, ularni hal etish choralari taklif etildi.

Davra suhbati yakunida muhokama natijalari umumlashtirilib, Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazida olib borilayotgan iqtisodiy tadqiqotlar doirasida Yevropa institutlari va biznes hamjamiyati bilan hamkorlik qilishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

LinksLinks2