O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida pandemiya davrida turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

3-avgust kuni Jan Monne nomidagi Toshkent Yevropa tadqiqotlari markazi hamda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti tomonidan “Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston Respublikasi o‘rtasida turizm sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorlikning istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi qoshidagi UNWTOning Ipak Yo’li ofisi maslahatchisi Shuhrat Norqulov hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodim va mutaxassislari, Samarqandning “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti, Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining professor – o’qituvchilari davra suhbati mavzusi doirasida fikr almashishdi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda sayyohlik maqsadida tashrif buyurish bo’yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilgan holda, pandemiya davrida turizm xavfsizligini ta’minlash maqsadida mamlakatda xavfsiz sayohat kafolatlangan tizimi joriy etilgan. Yevropa hamjamiyati mamlakatlaridan kelgan sayyohlar O’zbekistonda sayyohlarni qabul qilinishida ustuvor davlatlar hisoblanadi, shu maqsadda sayohat qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan, mamlakatga sayyohlik maqsadlarida tashrif buyurish uchun vizasiz rejim o’rnatilgan. Davra suhbati ishtirokchilari Covid-19 muammosi bilan bog’liq turizm sohasidagi inqirozdan tezroq chiqish uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O’zbekiston o’rtasida muvofiqlashtirilgan harakatlar zarurligini ta’kidladilar.

LinksLinks2