“Diplomatik dunyo” jurnali bilan yangi loyihalar va istiqbollar – Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo’yicha ilg’or tajriba markazi
LinksLinks2

2021 yil 21 iyul kuni Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi va “Diplomatic World” jurnali birgalikda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Diplomatic World” jurnali ijrochi direktori B.Ditrix xonim va “Diplomatic World Institute” markazi menejeri A.Turkstra ishtirok etdilar. Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi tomonidan mazkur loyiha rahbari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Ismailova ishtirok etdi.

G.Ismailova mehmonlarga JIDU faoliyati haqida, Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi loyihasining asosiy g‘oyalari va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida maʼlumotlar berdi. Shuni taʼkidlash joizki, ular universitet faoliyati, ayniqsa, olib borilayotgan ilmiy sohadagi ishlarga katta eʼtibor qaratishdi. So‘ng, “Diplomatic World” jurnali ijrochi direktori B.Ditrix xonim suhbatni davom ettirib, “Diplomatic World” jurnalining sentyabr oyida O‘zbeksiton Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan maxsus soni haqida gapirib berdi. Uchrashuv mobaynida tomonlar ushbu loyiha doirasida yuzaga keladigan masalalar va kelajak istiqbollari xususida fikr almashishdi.

Samimiy kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi maqsad, vazifalar va yangi hamkorlik nuqtalari aniqlab olindi.

Maʼlumot uchun: “Diplomatic World xalqaro jurnali siyosat, diplomatiya, biznes, moliya, sanʼat va madaniyat sohalarini keng yoritib kelmoqda. . Jurnal Yevropaning parlament aʼzolari, Yevropa Ittifoqi rahbarlari, ishbilarmon doiralar, diplomatik korpuslar va Bryusselda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlarga tarqatiladi.

2020 yilda jurnalning O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etilgan bo‘lib, unda Yevropaning yetakchi iqtisodchi, analitik va ishbilarmon doiralari vakillarining maqola va intervyulari, xususan  G.Ismailovaning intervyusi joy olgan.

LinksLinks2