2021-yil 14-iyul kuni Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi birgalikda “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlari: pragmatizm, barqarorlik va o‘zaro bog‘liqlik” nomli xalqaro konferensiya tashkil etdi.

Ushbu muhim va o‘z vaqtida o‘tkazilgan tadbirda dunyoning 8 ta mamlakatidan vakil mutaxassislar hamda olimlar faol qatnashdi. Ularning ta’kidlashicha, 2007-2013-yillarga mo‘ljallangan birinchi Strategiya natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi yangi sharoitlar tufayli Markaziy Osiyodagi rolini qayta ko‘rib chiqdi.

Yevropa Ittifoqining Global strategiyasi qabul qilinishi barqarorlik va farovonlik uchun hamkorlik, intensiv qo‘shma faoliyat hamda o‘zaro bog‘liq iqtisodiy va siyosiy makon Markaziy Osiyo uchun yangi mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishda turtki bo‘ldi. Yangi strategiya 2021-2027-yillarda Yevropa Ittifoqining rivojlanishga ko‘maklashish dasturlarini yaratishda ham asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish va avvalgi Strategiyaning maqsadlarini davom ettirish Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi siyosatining ajralmas qismidir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mintaqada o‘z aloqalarini saqlab qolish uchun Yevropa Ittifoqi agressiv bo‘lmagan siyosatni ilgari surmoqda. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlarining ishonchini mintaqaning jahon savdo tizimiga qo‘shilish tarafdori, sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalarning manbai, iqtisodiy o‘zgarishlar va ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar jarayonidan manfaatdor hamkor sifatida olishga intilmoqda. YI Markaziy Osiyo davlatlarining milliy rivojlanish strategiyalarini hurmat qilishini va umumiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro aloqalarini oshirishga va hamkorlikni faollashtirishga hissa qo‘shishini bir necha bor ta’kidladi.

Ushbu xalqaro konferensiya Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning rivojlantirish genezisi, hamkorlikning barcha davrida o‘zaro manfaatli tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish hamda Markaziy Osiyoning turli mintaqalarni birlashtiruvchi transport markazi (ya‘ni, Hindiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bog‘liqlik) sifatida tutgan o‘rniga bag‘ishlandi.

Amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgan yangi Strategiya o‘z maqsadlarini tadbiq etilishining yangi katalizatoriga aylanishi lozim. Ba‘zi kelishuvlarni amalga oshirish muddatlarini o‘zgartirgan va barcha sohalardagi umumiy global vaziyatga ta‘sir ko‘rsatadigan pandemiyaga qaramay, tomonlar avvalgi majburiyatlarini bajarishga harakat qilmoqdalar.

"Uzbekistan is playing a role of "game changer" and "game maker" in the region promoting resilience, connectivity and sustainable development"

Dr. Andris SprudsDirector of Latvian Institute of International Affairs (LIIA) Dr.sc.pol., Professor, Dean of the Faculty of European Studies at Riga Stradins University (Latvia)

"One the significant goals of this conference is to discuss the efficiency and value chain management of trade flows between EU and Central Asia"

Dr. Yann AlixGeneral Delegate of Sefacil Foundation (France)

"EU and India can establish mutually beneficial collaboration in Central Asia on security management, education, capacity building and developing hi-tech"

Sanjai Kumar PandeyProfessor, Jawaharlal Nehru University (India)