O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVЕRSITЕTI
“SIYOSATSHUNOSLIK” KAFЕDRASI

AXBOROT XATI

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Siyosatshunoslik” kafedrasi tomonidan 2022 yilning may oyida “O‘zbekistonda siyosiy fanlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad: O‘zbekistonda siyosiy fanlar sohasida mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari va siyosiy fanlarni o‘qitish masalalarini tahlil qilish, siyosiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy xalqaro tajribaga asoslangan ilg‘or uslubiyatni qo‘llash, hamda boshqa o‘quv yurtlarining siyosatshunoslik yo‘nalishdagi kafedralari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Anjumanda barcha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorant va boshqa tadqiqotchilar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyaning yo‘nalishlari:
• Siyosiy fanlar sohasida kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari;
• Siyosiy fanlarga oid tadqiqotlarning nazariy-uslubiy muammolari;
• Siyosiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy uslubiy tendensiyalardan foydalanish.

Mavzuda ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy-amaliy ahamiyati va xulosasi aniq bayon qilinishi hamda havolalar satr ostida taqdim etilishi lozim. Ilmiy maqolalarni tanlashda konferensiya yo‘nalishlariga mosligi e’tiborga olinadi. To‘plamga kiritiladigan materiallar mazmuni va ularning to‘g‘riligiga mualliflar javobgar hisoblanadi.

Ilmiy maqolalar matni 5-8 betda, elektron shaklida (MS Word, Times New Roman), 14 shriftda, 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi lozim. Maqolada o‘rtadan katta harflar bilan maqola nomi, keyingi qatorda kichik harflar bilan o‘rtadan muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, keyingi qatorda ish (yoki o‘qish) joyi, telefon raqami yoki elektron pochtasi ko‘rsatiladi.

Ilmiy maqolalarni konferensiya to‘plamiga kiritish uchun 2022 yil 10 mayga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish lozim. Maqolalar elektron pochta (kafsiyosat@gmail.com) orqali qabul qilinadi. Anjuman o‘tkazilish joyi, vaqti va formati haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Savollar bo‘yicha yuqoridagi elektron manzil orqali murojaat etishingiz mumkin.

Tashkiliy qo‘mita